Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Falastin Tashqi ishlar vazirligi Isroilning badaviylar jamoasiga hujumlarini qoraladi

A A A
Falastin Tashqi ishlar vazirligi Isroilning badaviylar jamoasiga hujumlarini qoraladi

Falastin tashqi ishlar vazirligi ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohil hududidagi badaviylar jamoasiga qarshi uyushtirilgan Isroil hujumlarini qoralab chiqdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Isroildan okkupasiya qilingan G‘arbiy Sohil hududiga ko‘chirib keltirilganlar Falastinning tobora ko‘proq hududini egallashga urinmoqda. Ko‘chirilgan isroilliklar Marajot hududidagi falastinliklarning uyini yoqib yuborgan. Jiftlik qishlog‘idagi yana bir uyni buzib tashlashga urinishgan.

“Vazirlik ushbu tajovuzkor urushni o‘ta jiddiylik bilan kuzatadi. Buni ko‘chmanchilar uyushmalarining Falastin yerlarini talon-toroj qilish va o‘g‘irlashga urinishi deb hisoblaydi”, — deyiladi Falastin Tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda.

Xabarda aytilishicha, Isroilning o‘ta o‘ng qanot vazirlari ko‘chirilgan isroilliklar hujumlaridan xabardor va ularni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Hududga yana isroilliklar ko‘chib kelishini rag‘batlantirgan.

Kiritildi: 07:28 29.03.2024. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!