BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida yakunlangan Yaqin Sharq tinchlik konferensiyasi G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga olib kelmadi.
Bu haqda Falastinning Avstriyadagi elchisi va BMTning Venadagi doimiy kuzatuvchisi Saloh Abdel Shafi "RIA Novosti"ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, forum siyosiy ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, asosiy masalalar bo‘yicha real muvaffaqiyatga erishilmadi.
Shafi, shuningdek, AQShning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha pozisiyasini keskin tanqid qilib, uni o‘ta nomaqbul va xalqaro huquqqa zid deb atadi.
"AQSh Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda - xoh qurol-yarog‘ yetkazib berish, xoh moliyaviy, diplomatik yoki siyosiy yordam. Bu pozisiya juda g‘azablantirmoqda", - dedi u.