Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Fabio Kannavaro: «O‘zbekiston xalqini faxrlantira oladigan jamoa bo‘lishimiz kerak»

Fabio Kannavaro: «O‘zbekiston xalqini faxrlantira oladigan jamoa bo‘lishimiz kerak»

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘z Instagram sahifasida Jahon chempionati-2026 qur’asiga munosabat bildirdi.

«Biz va qolganlar. Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati qur’asi jarayonida mening boshimda faqat bitta fikr bor edi — O‘zbekiston.

Raqiblarimiz nomlari e’lon qilinmasidan oldin men o‘zimiz haqimizda o‘yladim. Qur’a tashlanayotganda ham o‘z haqimizda o‘yladim. Qur’a natijalari ma’lum bo‘lgach ham, yana o‘z haqimizda o‘yladim.

Chunki bu — Jahon chempionatidagi ilk ishtirokimiz bo‘ladi. Biz esa har bir kuch-quvvat, har bir imkoniyatdan unumli foydalanib, O‘zbekiston xalqini faxrlantira oladigan jamoa bo‘lishimiz kerak.

Biz Portugaliya, Kolumbiya va uchinchi raqib — Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo bo‘lishidan qat’i nazar — barchaga hurmat bilan yondashamiz. Lekin eng avvalo, biz o‘zimizga va o‘z muxlislarimizga nisbatan katta hurmat bilan maydonga tushamiz.

Hisoblagich ishga tushdi», - deb yozdi italiyalik mashhur mutaxassis.

O‘zbekiston K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo/Yangi Kaledoniya/Yamayka bilan guruhdan chiqish uchun kurashadi.

Kiritildi: Bugun 10:58. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!