Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilga jahon chempionati final bosqichi uchun tashlangan qur’adan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Dastlabki taassurot... Albatta, bu jahon chempionati. Unda istalgan jamoa bilan to‘qnash kelish mumkin. Biz Portugaliya va Kolumbiya bilan o‘ynaymiz. Albatta, bu o‘yinlar futbolchilarimiz uchun ham hayajonli bo‘ladi. Bu jahon chempionatidamiz. Bu qur’a va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz bu yerdaligimizdan juda ham xursandmiz. Umid qilaman, oxirigacha kurashamiz", — dedi Kannavaro.