Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Eyfel minorasi ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Eyfel minorasi ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Eyfel minorasi deyarli to‘qqiz oylik tanaffusdan so‘ng 16 iyul kuni mehmonlar uchun ochiladi.

Ta’kidlanishicha, dastlab minoraga tashrif buyuruvchilar soni cheklanadi. Dastlab kuniga o‘n minggacha odam tashrif buyurishi mumkin. Pandemiya boshlangunga qadar bu yerga kuniga 25 ming kishi kelgan.

Eyfel minorasi mart oyining o‘rtalaridan may oyining o‘rtalariga qadar, shuningdek, 2020 yil oktyabr oyining oxiridan boshlab yopilgan edi.

19 maydan boshlab Fransiyada epidemik vaziyat yaxshilanganligi sababli karantin cheklovlarini yumshatishning yangi bosqichi boshlandi. Muzeylar, kinoteatrlar, kafe va restoranlarning terrasalari, kiyim-kechak va maishiy texnika do‘konlari tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.

Kiritildi: 15:52 24.05.2021. O'qildi: 3552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!