Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evroparlament Ukrainaning Rossiyaga zarba berishi mumkinligini ma’qulladi

Evroparlament Ukrainaning Rossiyaga zarba berishi mumkinligini ma’qulladi

Evroparlament Ukrainaning Rossiyadagi qonuniy harbiy nishonlarga zarba berishda G‘arb tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi cheklovlarni bekor qilishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi.

Qaror 425 nafar yoqlab, 131 nafar qarshi va 63 nafar betaraf ovoz bilan qabul qilindi.

Evroparlament deputatlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan harbiy yordam kamayganidan xavotir bildirdi. Ular a’zo davlatlarni 2023 yil mart oyidagi Ukrainaga bir million o‘q-dori yetkazib berish majburiyatini bajarishga chaqirdi. Ular, shuningdek, qurol-yarog‘ yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi.

Vakillar, shuningdek, Rossiya, Belarus va ularning ittifoqchilari, jumladan, Eron va Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.

Rezolyusiya, shuningdek, Ukrainaga urush natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun Rossiya davlat aktivlarini musodara qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kiritildi: 17:24 20.09.2024. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!