Evroparlamentning Fuqarolik erkinliklari, odil sudlov va ichki ishlar qo‘mitasi Yevropa Ittifoqining migrasiya siyosatini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘plamini konservatorlar va o‘ta o‘nglar ovozi bilan ma’qulladi.
Yangi qoidalar Yevropa davlatlariga Yevropa Ittifoqidan tashqarida deportasiya markazlari tashkil etish imkonini beradi. U yerga boshpana so‘rovi rad etilgan shaxslar jo‘natilishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqini tark etishdan bosh tortish holatlari uchun yanada og‘irroq jazolar ham ko‘zda tutilgan — mamlakatga kirishni taqiqlashdan tortib qamoqxonagacha.
Evroparlamentning umumiy tarkibda ovoz berishi 12 mart kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Yevropa Ittifoqi kengashi bu choralarni fevral oxirida ma’qullagan edi.
Huquq himoyachilari siyosatning qat’iylashtirilishini tanqid qilib, inson huquqlari buzilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ular noqonuniy muhojirlarni o‘zlari aloqasi bo‘lmagan mamlakatlarga jo‘natish xavfi borligini qayd etmoqda.