Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropaning Rossiya neft va gazidan voz kechishi Vashington tomonidan Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etilishiga yordam beradi

A A A
Evropaning Rossiya neft va gazidan voz kechishi Vashington tomonidan Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etilishiga yordam beradi

AQSh energetika vaziri Kris Rayt bu haqda Financial Times nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Evropa Ittifoqi Rossiya neft va gazidan voz kechishi va buning o‘rniga Qo‘shma Shtatlardan suyultirilgan tabiiy gaz, benzin va boshqa qazilma yoqilg‘ilarni xarid qilishi kerak", — dedi AQSh energetika vaziri.

Raytning fikricha, bu Yevropa uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘ladi. Unga ko‘ra, Yevropaning Rossiya yoqilg‘isini sotib olishni to‘xtatishi Putinning “harbiy mashinasi”ni moliyalashtirishni qisqartiradi va shu orqali urushning tugashini tezlashtiradi.

Financial Times'ning yozishicha, 2024 yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan import qilinadigan qazilma yoqilg‘ilarning 14 foizini Rossiya gazi tashkil etgan. Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlangan 2022 yil fevralida esa bu ko‘rsatkich 40 foizga teng bo‘lgan.

Bryussel 2028 yilga borib Rossiya nefti va gazidan to‘liq voz kechishni rejalashtirgan, biroq Rossiyadan yoqilg‘i oladigan Vengriya va Slovakiya bu rejaga qarshi chiqmoqda.

Kiritildi: 23:00 08.09.2025. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!