EF English Proficiency Index’ga ko‘ra, Niderlandiya qatorasiga 7 yil ingliz tilini eng yaxshi biluvchi mamlakat bo‘ldi. Undan keyin Xorvatiya va Avstriya o‘rin oldi.
Italiya, Kipr va Fransiya esa o‘rta darajada qolmoqda.
2,2 mln kattalar test natijalariga ko‘ra, o‘qish va tinglash eng kuchli ko‘nikmalar, gapirish va yozish esa quyiroqda.
2014–2025 yillarda erkaklar bilim darajasi 40 ballga, ayollarniki 20 ballga o‘sgan. Yoshlar orasida esa pandemiyadan keyin ingliz tili bilimi pasaygan.