Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Evropaning eng gavjum aeroporti ma’lum bo‘ldi

Evropaning eng gavjum aeroporti ma’lum bo‘ldi

Istanbul aeroporti London, Amsterdam va Parijni ortda qoldirib, Yevropadagi eng gavjum havo bandargohiga aylandi.

So‘nggi yillarda Istanbul aeroportida yo‘lovchilar oqimi sezilarli darajada oshgan bo‘lib, bu unga Yevropa aeroportlari orasidagi yetakchiligini saqlab qolishga yordam berdi. Ushbu muvaffaqiyat Turkiyaning Yevropa, Osiyo va Afrika orasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiluvchi geografik joylashuvi, shuningdek, yo‘lovchilariga zamonaviy sharoitlarni taklif qiluvchi yuqori darajadagi servisi bilan izohlanmoqda.

Xitrou (London), Sxipxol (Amsterdam) va Sharl-de-Goll (Parij) kabi Yevropaning boshqa aeroportlari pandemiya oqibatlariga duch kelgan bir vaqtda Istanbul aeroporti nafaqat tiklanishga, balki o‘z pozisiyasini mustahkamlab olishga ham erishdi.

Uchib ketishlar soni bo‘yicha dunyodagi top-10 aeroportlar qatoriga kiritilishi Istanbulning xalqaro maydondagi ahamiyatini bildiradi. Ushbu ko‘rsatkich, uni Atlanta, Chikago va Dubay kabi yirik aeroportlar bilan bir qatorga qo‘yadi.

Turkiya hukumati, shuningdek, aeroportning jahon aviasiya sektoridagi pozisiyasini mustahkamlash uchun reyslar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Istanbul aeroporti 2018 yildan 2024 yilning oktyabr oxiriga qadar 317,7 milliondan ortiq yo‘lovchini qabul qilgan.

Kiritildi: 19:22 19.11.2024. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!