Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Evropadagi NATO kuchlari AQSh ko‘magisiz Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyor emas

Evropadagi NATO kuchlari AQSh ko‘magisiz Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyor emas

Bloomberg agentligi bu haqda mutaxassislarga tayanib yozmoqda.

Moskva bilan harbiy to‘qnashuv yuz bergan taqdirda Yevropa kuchlarining yetarli bo‘lmasligiga sabab - ko‘p yillik byudjet qisqarishi va harbiylarning yetishmasligi hisoblanadi. Masalan, Fransiya 1990 yildan beri o‘z armiyasidagi harbiy xizmatchilar sonini 56 foizga qisqartirdi.

10 yil oldin, Qrim anneksiya qilingan va Donbassda urush boshlangan yili Shimoliy Atlantika alyansi a’zo har bir davlatning mudofaa xarajatlarini YAIMning ikki foizigacha oshirishga rozi bo‘lgan edi. Ammo Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli mojaroning uchinchi yilining oxirida va Rossiya hukumati bilan munosabatlarning keskin yomonlashuvi fonida ham, ayrim Yevropa davlatlari o‘zlarining harbiy byudjetlarini kelishilgan darajaga yetkazmadilar.

Kiritildi: 22:35 20.10.2024. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!