Evropadagi noroziliklar Rossiyaga qarshi sanksiyalar fonida ko‘payib bormoqda, chunki odamlar qashshoqlikda yashashni istamaydi, deydi Avstriyaning sobiq vise-kansleri, mamlakat ozod partiyasi sobiq rahbari Xayns-Kristian Shtraxe RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Ko‘chalarda noroziliklar va aksiyalar kuchayadi. Odamlar tinchlik uchun tashabbuslar emas, balki qurollar yetkazib berish davom etayotganini ko‘rib, ishsiz, pulsiz qolishni, sovuq qotishni istamaydi. Bu ziddiyatlarning barchasi kundan kunga Yevropa aholisi uchun ravshan bo‘lib boryapti”, - deydi Shtraxe.
Uning qo‘shimcha qilishicha, YEIning Rossiyaga qarshi sanksiyalari “Evropa xalqlarining o‘ziga aniq zarar yetkazadi” va uning “ko‘p sonli fuqarolari tomonidan rad etilmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operasiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.