Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropada NATOning keng ko‘lamli dengiz mashqlari boshlanmoqda

A A A
Evropada NATOning keng ko‘lamli dengiz mashqlari boshlanmoqda

NATOning «Dynamic Manta» deb nomlangan harbiy-dengiz mashqlari bugun O‘rta yer dengizidagi Sitsiliya oroli qirg‘og‘ida boshlanadi.

Bu haqda NATO harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligining «X» sahifasiga tayanib, «Report» xabar bermoqda.

NATOning yillik harbiy-dengiz mashqlarida Turkiya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Gresiya, Italiya, Ispaniya, Angliya va AQSh qo‘shinlari va kemalari ishtirok etadi.

«Dengiz osti jangovar qobiliyatini yaxshilash va dengiz missiyalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ikki haftalik mashq NATOning strategik muhim mintaqada jamoaviy mudofaa va inqirozga qarshi kurashish qobiliyatini mustahkamlashga sodiqligini ta’kidlaydi», deyiladi NATO dengiz qo‘mondonligi bayonotida.

Qayd etilishicha, O‘rta yer dengizi o‘zining murakkab suv osti topografiyasi bilan mashg‘ulotlar uchun ideal zamin yaratadi.

Kiritildi: 10:38 26.02.2024. O'qildi: 1273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!