Evropaning qator shaharlari munisipalitetlari yangi cheklovlar joriy etilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi AZERTADJ.
2027 yil 1 yanvardan kafe, bar va restoranlarning ochiq terassalarida chekish va elektron sigaretlardan foydalanish butunlay taqiqlanadi.
Ushbu cheklov, shuningdek, ayrim muassasalarda, aeroportlarda, sigar klublarida faoliyat yuritayotgan maxsus chekish xonalariga ham tegishli bo‘ladi. Taqiq barcha turdagi tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar, veyplar va kalyanlar uchun amal qiladi.
Yangi qoidalarning kuchga kirish sanasi seshanba kuni ertalab e’lon qilindi. Ushbu chora Yevropa Komissiyasining tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan tashabbuslar majmuasiga kiritilgan. Umumiy ovqatlanish korxonalariga o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun taxminan bir yarim yil vaqt beriladi.
2027 yil yanvaridan restoran, bar va kafelardan 10 metr masofada chekish ham taqiqlanadi. Taqiq kuchga kirgandan so‘ng, mijozlarga kuldon berishda davom etayotgan egalar jarimaga tortiladi. Qoidalarni buzgan tashrif buyuruvchilar ham javobgarlikka tortiladi.
Bundan tashqari, hujjatda mahalliy hokimiyat organlari ommaviy tadbirlar – festivallar, yarmarkalar va bozorlar chog‘ida chekishni cheklash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishlari shart.
Restaratorlar uyushmasining aytishicha, yangi cheklovlar bankrotliklarning navbatdagi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin. Ularning fikricha, taqiq chekuvchilar sonini kamaytirmaydi, balki ularni faqat ko‘chaga itarib yuboradi. Bu aholiga noqulaylik tug‘diradi va muassasa xodimlarining nazoratini qiyinlashtiradi.
Dastlab, Yevropa Komissiyasi taqiqni 2026 yilda joriy etishni taklif qilgan, biroq sohaga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqt berish maqsadida muddat qoldirilgan edi.