Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropa yosh cheklovlarini chetlab o‘tish uchun ishlatiladigan VPN xizmatlari faoliyatini bloklashi mumkin

Evropa yosh cheklovlarini chetlab o‘tish uchun ishlatiladigan VPN xizmatlari faoliyatini bloklashi mumkin

Evrokomissiyaning ijrochi vise-prezidenti Xenna Virkkunenga hokimiyat organlari yoshni tekshirish tizimlarini VPN orqali chetlab o‘tish holatlariga qanday to‘sqinlik qilmoqchi ekanligi haqida savol berildi.

Virkkunen o‘z javobida VPN xizmatlarini taqiqlash haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonot bermadi. Biroq, u hukumat voyaga yetmaganlarning taqiqlangan kontentga kirishini qiyinlashtiradigan "ancha barqaror yechimlar" yaratish ustida ishlash niyatida ekanini aytdi.

Gap, ayniqsa, pornografik saytlar uchun "juda ishonchli" mexanizmlarni joriy etish haqida ketmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad — 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarning bunday resurslarga kirish imkoniyatini butunlay istisno qilishdir.

Kelajakda Yevropa VPN xizmatlari mijozlardan yoshni tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rashi ehtimoldan xoli emas, shunda foydalanuvchilar o‘z mamlakatlarida belgilangan yoshdan kichik taqiq mavjud bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarga kira olmaydilar.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!