Bu haqda NATO qo‘mondoni ma’lum qildi.
"Evropada uzoq masofali gipertovushli tizimlardan birini joylashtirish bo‘yicha so‘rov mavjud. Bu haqda batafsil ma’lumotni yopiq majlisda berishim mumkin", – deya ta’kidladi general Kristofer Kavoli.
Shuningdek, general Vashingtonning 2019 yilda o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini "muhim qadam" deya baholadi va bundan foydalanishga da’vat etdi.