Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ukraina masalasida kelishuvga erisha olmayapti

Evropa Ukraina masalasida kelishuvga erisha olmayapti

Evropa mamlakatlari jiddiy kelishmovchiliklar tufayli Ukrainaga yangi yordam paketini muvofiqlashtira olmayapti.

Bu haqda Le Monde gazetasi diplomatik doiralardagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

"Kiyevning g‘arbiy ittifoqchilari o‘rtasidagi sammitlar va uchrashuvlar qatori tobora oxiri ko‘rinmaydigan uzun yo‘lakni eslatmoqda," - deya ta’kidlaydi nashr.

Asosiy bahsli masalalardan biri tinchlik o‘rnatilganidan so‘ng Ukraina hududida harbiy kuchlarni joylashtirish imkoniyati bo‘lib qolmoqda. Le Monde ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar esa mojaroning kuchayishidan xavotirlanib, Rossiya-Ukraina chegarasida parvozlar taqiqlangan hudud yaratish bilangina cheklanishni taklif qilmoqda.

Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etmayotgani, binobarin, muhokamalar mazmuni haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligi ham vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.

Ilgariroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parij va London Ukrainaga harbiy vakillarini yuborishini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, bu Ukraina qo‘shinlarini almashtirish emas, balki mumkin bo‘lgan "tiyib turish" choralariga tayyorgarlik ko‘rishdir.

Kiritildi: 21:55 17.04.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!