Evropa Ittifoqi Donald Trampga amerikaliklarga g‘alaba sifatida taqdim etishi va savdo tariflarini joriy etishdan bosh tortishi mumkin bo‘lgan “jozibali taklif” qilmoqchi, deb yozadi Italiya OAV.
Ushbu maqsadda Tramp bilan yaxshiroq munosabatda bo‘lgan Italiya bosh vaziri Jorjio Meloni Vashingtonga “jo‘natilgan”.
Evropa Ittifoqi Trampni tinchlantirish uchun AQShdan ko‘proq gaz va qurol sotib olishga tayyor. Biroq, bunday yondashuv "Evropaning harbiy-sanoat kompleksiga ustunlik berish g‘oyasidan voz kechishini" anglatadi, shuning uchun bitim Parij tomonidan bloklanishi mumkin.