Evropa Rossiyaning “soya floti”ga qarshi choralarni kuchaytirmoqda. deb yozmoqda Financial Times.
Nashrning xabar berishicha, payshanba kuni Fransiya Dengiz Kuchlari O‘rta Yer dengizida Murmanskdan chiqqan “Grinch” tankerini qo‘lga olgan. Tankerda 750 ming barrel xom neft bo‘lgan. Operasiya ittifoqchilar, jumladan Buyuk Britaniya ko‘magida o‘tkazilgan, ular kuzatuv va monitoringni ta’minlagan.
Shuningdek, Windward dengiz razvedkasi Tramp Yevropa dengiz kuchlariga “soya floti”ni ta’qib qilish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma taqdim etganini ta’kidlagan.