Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropa Parlamenti YEI va AQSh o‘rtasidagi savdo bitimini ratifikasiya qilishni to‘xtatib qo‘ydi

Evropa Parlamenti YEI va AQSh o‘rtasidagi savdo bitimini ratifikasiya qilishni to‘xtatib qo‘ydi

Evroparlament (EP) AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlari fonida YEI–AQSh savdo kelishuvini rejalashtirilgan tarzda ratifikasiya qilish jarayonini to‘xtatmoqda.

Bu haqda Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida Yevroparlamentdagi eng yirik fraksiya — Yevropa xalq partiyasi rahbari Manfred Veber ma’lum qildi.

"Kecha kechasiyoq qabul qilingan birinchi qaror shuki, o‘tgan yil yozida Yevropa Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida tuzilgan ushbu kelishuvni ratifikasiya qilish jarayoni to‘xtatildi. Bu esa Donald Tramp amerikalik mahsulotlar uchun YEI ichki bozoriga bojsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, deganidir", — dedi Veber. Uning ta’kidlashicha, ratifikasiyaning to‘xtatilishi Vashingtonga berilgan birinchi signal hisoblanadi.

"Tramp kecha kechasi ko‘p narsani yo‘qotdi", — deya ta’kidladi YENP rahbari.

26 yanvar kuni yevroparlament a’zolari AQShning sanoat mahsulotlariga qo‘yilgan bojlarni bekor qilish masalasida YEP pozisiyasi bo‘yicha ovoz berishni rejalashtirgan edi. Bu Bryussel va Vashington o‘rtasida 2025 yil yozida tuzilgan kelishuvning asosiy bandlaridan biri hisoblanadi. Biroq Politico gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning bayonotlaridan g‘azablangan ayrim deputatlar «ovoz berish o‘tkazilishini istamay, shu orqali tariflarni bekor qilish bo‘yicha qarorni muzlatib qo‘yishni» xohlamoqda.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!