Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropa Parlamenti deputati Ukrainaga yordamni befoyda deb atadi va muzokaralarga chaqirdi

Evropa Parlamenti deputati Ukrainaga yordamni befoyda deb atadi va muzokaralarga chaqirdi

Italiyalik Yevroparlament deputati va "Milliy Kelajak" partiyasi yetakchisi Roberto Vannachchi Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam berishni to‘xtatish hamda mojaroni zudlik bilan diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Bu haqda siyosatchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot berdi.

Deputatning ta’kidlashicha, Kiyevga to‘rt yildan ortiq vaqt davomida ko‘rsatilgan so‘zsiz yordam va milliardlab yevrolar "hashamatli villalar, yaxtalar va oltin hojatxonalarga" sarflangan. Buning oqibatida Yevropada energiya va yoqilg‘i narxlari keskin oshib ketgan, Rossiya armiyasi esa hujumlarini davom ettirmoqda. Shuningdek, u Ukraina havo mudofaasi raketalarni to‘xtata olmayotgani va Qora dengiz qirg‘oqlari blokadada qolayotganini qayd etgan.

Vannachchi qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirish faqat vayronagarchilikni uzaytirishi va Yevropa iqtisodiyotini tiz cho‘ktirishini aytdi. Uning fikricha, hozir faqat tinchlikka olib keladigan diplomatik yechim zarur, chunki kelajakdagi tinchlik Yevropa uchun yanada qimmatga tushishi mumkin.


Kiritildi: 18:20 11.08.2026. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!