Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Evropa NATO'da muhimroq rol o‘ynashi kerak, Britaniya uning AQSh bilan aloqalarini saqlashga yordam beradi — Kir Starmer

Evropa NATO'da muhimroq rol o‘ynashi kerak, Britaniya uning AQSh bilan aloqalarini saqlashga yordam beradi — Kir Starmer

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat milliy xavfsizligi uchun tarixiy lahza kelganini ta’kidladi.

"Biz bugungi dunyo realliklari va Rossiyadan kelayotgan tahdid bilan shug‘ullanyapmiz. Yevropa NATO'da yanada muhim rol o‘ynashi kerak. Ayni paytda biz AQSh bilan hamkorlikda Ukrainaning kelajagini ta’minlash va Rossiya tahdidiga qarshi turish ustida ishlayapmiz", — deyiladi Starmerning bayonotida.

Starmer, shuningdek, fevral oyi oxirida AQShga tashrif buyurib, Yevropa yetakchilarining pozisiyasini Trampga yetkazmoqchi ekanini bildirdi.

"Buyuk Britaniya Qo‘shma Shtatlar va Yevropaning birdamligi uchun harakat qiladi. Ittifoq ichidagi har qanday kelishmovchilik bizni tashqi dushmanlardan chalg‘itishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz," — deya qo‘shimcha qildi Buyuk Britaniya hukumati rahbari.

Kiritildi: 19:29 16.02.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!