AQSh davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, u Rimga tashrifi chog‘ida kardinallardan biridan Yevropa harbiy mojaroga intilishini, Vashington esa tinchlik tarafdori ekanini eshitgan.
Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
"Men uchrashgan kardinallardan biri shunday dedi: "Amerika prezidenti tinchlikni xohlashi, ba’zi yevropaliklar esa dunyo ostin-ustun bo‘lib ketgandek, doimiy ravishda harbiy ishlarga chaqirishlari biz uchun juda g‘ayrioddiy," - deya Rubioning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning aniqlik kiritishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaaga emas, iqtisodiyotga pul tikishni afzal ko‘radi.