Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evropa Markaziy banki Avstriya bankiga Rossiyadagi biznesi tufayli bosimni kuchaytirdi

Evropa Markaziy banki Avstriya bankiga Rossiyadagi biznesi tufayli bosimni kuchaytirdi

Evropa Markaziy banki (EMB) Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) bank konglomeratiga Rossiyadagi biznesi munosabati bilan bosimni kuchaytirmoqda, deb xabar berdi Reuters 24 mart, juma kuni beshta xabardor manbaga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, YEMB bankdan Rossiya bozoridan zudlik bilan chiqib ketishini talab qilmayapti, lekin bank biznesidan chiqish va risklarni boshqarish rejasini tuzishni so‘rayapti. Insayderlardan biri reja Moskvadagi shu’ba bankni sotish yoki yopishni ham o‘z ichiga olishi mumkinligini ta’kidladi. Ayni paytda, RBI hali YEMB so‘rovini bajarmagan va buni amalga oshirish niyatida emas, deydi Reuters manbalari.

Vaziyatni sharhlar ekan, Yevropa Markaziy banki vakili Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, YEMB banklardan «Rossiyadagi biznesni diqqat bilan kuzatishda davom etishni va uni iloji boricha kamaytirish va qisqartirishni so‘raganini» aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu barcha muassasalarga tegishli.

Avvalroq Raiffeisen Bank International AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan tekshirilayotgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 21:45 25.03.2023. O'qildi: 2606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!