Evropa Komissiyasi Vengriya ustidan Yevropa Ittifoqi (EI) migrasiya qoidalarini buzganlikda ayblab, Yevropa sudiga ish ochdi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi bayonotida aytiladi, deb xabar beradi “Report” .
Evrokomissiyaning fikricha, Budapesht Yevropa Ittifoqining noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash bo‘yicha umumiy siyosatini buzmoqda, chunki Vengriya 2023-yilda noqonuniy muhojirlarning Yevropa Ittifoqiga kirishiga yordam bergani uchun hibsga olingan bir qancha odamlarni muddatidan oldin ozod qilgan, shuningdek, ularning ayrimlariga jazoni boshqa mamlakatlarda o‘tashga ruxsat bergan.