Evropa kengashining sobiq raisi Sharl Mishel CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh va Yevropa o‘rtasida o‘n yillab davom etgan transatlantik munosabatlar keskin o‘zgarganini bildirdi.
Siyosatchi ta’kidlashicha, AQSh va Yevropa o‘rtasidagi avvalgi xavfsizlik arxitekturasi hamda o‘zaro ishonch tizimi endi mavjud emas.
"Biz o‘n yillar davomida bilgan shakldagi transatlantik munosabatlar o‘lgan", — dedi Mishel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Grenlandiya atrofidagi inqiroz AQSh endilikda so‘nggi o‘n yilliklarda bo‘lganidek, oldindan bashorat qilinadigan va ishonchli ittifoqchi emasligini ko‘rsatdi.