Nashr bu haqda Yevrokomissiya vakiliga tayanib xabar bermoqda.
Sanksiyalar quyidagi to‘rt asos bo‘yicha joriy qilinadi:
— Ukrainaga qarshi urush olib borish;
— Ison huquqlarining tizimli ravishda buzilishi;
— Gibrid urush doirasidagi harakatlar;
— Kimyoviy quroldan foydalanish holati.
"Mazkur sanksiyalar paketi doirasida 130 dan ortiq yangi cheklovlarni tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Sanksiyalar Rossiyaning mudofaa sanoati korxonalari, “soya floti” ishtirokchilari, Rossiyaga sanksiya ostidagi mahsulotlarni yetkazib berayotgan uchinchi davlatlardagi kompaniyalar va vositachilar, shuningdek, “yolg‘on axborot tarqatish” bilan shug‘ullanadigan tuzilmalar va shaxslarga qaratiladi", deya aniqlik kiritdi DW manbasi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari Rossiyaga qarshi sanksiyalarga savdo bojlari ham qo‘shilishi rejalashtirilayotganini yozgan edi.