Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi vazirlari Isroilga qarshi sanksiyalar bo‘yicha kelisha olmadi

Evropa Ittifoqi vazirlari Isroilga qarshi sanksiyalar bo‘yicha kelisha olmadi

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish masalasida yagona qarorga kela olmadi.

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Kaja Kallas ma’lum qilishicha, taklif hozircha yetarli qo‘llab-quvvatlov olmagan.

Avvalroq bir qator Yevropa davlatlari blokni Isroildan importni cheklashga chaqirgan edi. Ular bosib olingan hududlardagi aholi punktlari kengayishi va zo‘ravonlik kuchayishini xalqaro huquq buzilishi sifatida baholagan.

Uchrashuv oldidan Ispaniya bosh vaziri Pedro Sánchez Yevropa Ittifoqi va Isroil o‘rtasidagi assosiasiya kelishuvini bekor qilishni taklif qildi. Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, bir qator davlatlar, jumladan Germaniya va Italiya bu tashabbusga qarshi chiqqan.

Shu tariqa, Yevropa Ittifoqida Isroilga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish masalasida hozircha umumiy pozisiya shakllanmadi.

Kiritildi: 22:17 21.04.2026. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!