Evropa Ittifoqi-Iordaniya sammiti ilk bor 2026 yil 8 yanvar kuni Ammanda bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda YEI kengashi rahbari Antonio Kosta ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, sammit sheriklikni mustahkamlashdagi muhim qadam va umumiy geosiyosiy muammolarni hal qilish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish uchun asosiy imkoniyatdir.
"Men Iordaniya qiroli Abdulloh II bin Al-Husayn va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman" - deb yozadi u.