Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Chegarani buzib, O‘zbekistonga katta miqdorda oltin olib kirgan shaxs ushlandi

Chegarani buzib, O‘zbekistonga katta miqdorda oltin olib kirgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kosonsoy tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga qonunga hilof ravishda olib o‘tilgan ko‘p miqdordagi qimmatbaho metal savdosiga chek qo‘yildi.

Hususan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 y.t. fuqaro tog‘asi 1988 y.t. shaxsning ko‘rsatmasiga asosan davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tib, Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimiz hududiga taxminiy summasi 1,1 mlrd. so‘m bo‘lgan umumiy og‘irligi 1 kg 168 gr miqdoridagi oltin quymasi parchalarini olib kirgani haqida tezkor ma’lumot olindi.

Hamkorlikdagi tadbir davomida u oltinlarni ushbu tumanda yashovchi, boshqa bir qarindoshiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Natijada, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:32 04.12.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!