Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi

Evropa Ittifoqi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi


O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha xizmatlar borasidagi muzokaralarni yakunlandi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

"Bu hafta Bryusselda biz Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zo bo‘lishimiz bo‘yicha samarali ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdik.
Xizmatlar bo‘yicha muzokaralar yakunlanganini e’lon qilishdan mamnunman.
Tovarlar bo‘yicha hali ham ba’zi ishlar qilishimiz kerak, yaqin oylarda tugatish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, "DG Trade" rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelgusi yilda O‘zbekistonni MS14 tomonidan JSTga qo‘shilishida Yevropa Ittifoqining to‘liq qo‘llab-quvvatlashini eshitish quvonarli bo‘ldi", — dedi u.
Kiritildi: 02:49 20.03.2025. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!