Evropa Ittifoqi Ukrainaning "Drujba" neft quvurini tekshirishga to‘sqinlik qilayotganidan xavotirda — Euractiv.
EI diplomatlari Ukrainaning neft quvuridagi ta’mirlash va tekshirish ishlarini to‘xtatib qo‘yish qarorini tushunib bo‘lmas va "sirli" holat deb atamoqda.
Euractiv portalining manbalariga ko‘ra, Yevropa tomoni rasmiy Kiyevning bu borada "qanday o‘yin olib borayotganini" anglay olmayapti. Yevroittifoqning maxsus inspeksiya guruhi bir necha haftadan beri Ukraina hududida bo‘lib turibdi, biroq quvurning shikastlangan qismiga kirish uchun hanuz ruxsat ololgani yo‘q.