Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi

Bu haqda “Ekonomichna pravda” nashri manbaga tayanib xabar berdi. Nashrda keltirilishicha, Yevropa tomoni holat ijobiy tomonga o‘zgarmaguncha moliyaviy ko‘makni muzlatishga qaror qilgan.

Evropa Ittifoqi Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (SAP) atrofidagi vaziyat sababli Kiyevga ajratilishi rejalashtirilgan moliyaviy yordamni vaqtincha to‘xtatdi.

Ta’kidlanishicha, bu qaror ikki yirik dastur doirasidagi mablag‘larni qamrab oladi: Muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishga asoslangan ERA dasturi doirasida 17,2 milliard yevro va “Ukraina Facility” dasturi doirasida 12,5 milliard yevro miqdoridagi yordam vaqtincha to‘xtatilgan.

Evropa Ittifoqi vakillari Kiyevdan korrupsiyaga qarshi kurashishda aniq va samarali choralarni kutmoqda. Moliyaviy yordamning tiklanishi Ukraina korrupsiyaga qarshi muassasalari faoliyatining isloh qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 23:35 29.07.2025. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!