Evropa Ittifoqi Ukrainaga bosqinning 3 yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi 16-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda.
"2025 yil fevralida e’lon qilinishi kutilayotgan navbatdagi cheklovlarga tayyorgarlik allaqachon boshlangan", deb yozadi Welt am Sonntag haftalik nashri Bryusseldagi diplomatlarga tayanib.
Diplomatlarning fikriga ko‘ra, sanksiyalarning 16-paketi “Moskvaga aniq signal” sifatida nazarda tutilgan bo‘lib, u Rossiya iqtisodiyotining hozirgacha sanksiyalar umuman ta’sir qilmagan yoki yetarli darajada ta’sir ko‘rsatmagan sohalariga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi.
Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketi 16 dekabr kuni qabul qilingan edi.
"Ushbu sanksiyalar paketi Rossiya harbiy mashinasini va bu urushni amalga oshirayotganlarni, jumladan, Xitoy kompaniyalarini zaiflashtirishga qaratilgan", — deya fikr bildirdi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas.