Evroittifoq yangi mudofaa loyihalari, jumladan, Ukraina bilan hamkorlik uchun 910 million yevro ajratdi.
"Mablag‘lar Yevropa mudofaa jamg‘armasi dasturi doirasida 62 ta loyihaga yo‘naltiriladi. Unda nafaqat Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Norvegiya, balki birinchi marta Ukraina ham ishtirok etishi Masalan, tanlangan arizalar qatoriga sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan eng yangi ayerodinamik tizimlarni ishlab chiqishga qaratilgan Ukrainaning Small UAS kompaniyasi kiritildi", deya ma’lum qildi Yevrokomissiya.
Boshqa tashabbuslar orasida 78 million yevrolik gipertovushli uchuvchi apparatlarga qarshi kurash bo‘yicha maxfiy loyiha ham bor. Ro‘yxatda, shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilish, 2030 yilgacha keyingi avlod Yevropa vertolyotini ishlab chiqish, yangi avlod materiallari, minalarni yo‘q qilishning yagona avtonom Yevropa tizimi ham bor.
Yangi ajratilgan mablag‘larni hisobga olgan holda, 2021 yildan beri Yevropa Ittifoqining qo‘shma mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalarini moliyalashtirishning umumiy hajmi 4 milliard yevrodan oshadi.