Agentlik manbalariga ko‘ra, AQSh rasmiylari yevropalik hamkorlariga Rossiya joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishni istashini ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington yaqinda Bryusselga mojaro zonasida harbiy harakatlarni to‘xtatish va Ukraina xavfsizligi bo‘yicha potensial choralarni muhokama qilish ustuvor vazifa ekanligini ma’lum qilgan.
Ittifoqchi davlatlar AQShning yevropalik yetakchilar ishtirokisiz kelishuv tuzish ehtimolidan xavotirda. Bu esa Ukraina yoki Yevropaning xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. Bloomberg'ning ta’kidlashicha, bu xavotirlar seshanba kuni Rossiya va AQSh yetakchilari telefon orqali muloqot qilganidan so‘ng yanada kuchaydi.