Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi «Temu»ni noqonuniy va xavfli mahsulotlar sotishda aybladi

Evropa Ittifoqi «Temu»ni noqonuniy va xavfli mahsulotlar sotishda aybladi

Evropa komissiyasi Xitoyga tegishli Temu onlayn-savdo platformasini raqamli qonunchilikni buzganlikda rasman aybladi.

Komissiya xulosalariga ko‘ra, Temu platformasida:
➖ Iste’molchilar uchun noqonuniy va xavfli mahsulotlar mavjud;
➖ Foydalanuvchilar yetarlicha himoyalanmagan;
➖ Maxfiy xaridorlar orqali o‘tkazilgan tekshiruvlar mavjud muammolarni tasdiqlagan.

📊 2023 yilda Temu YEI bozorida oyiga o‘rtacha 93,7 million faol foydalanuvchini jalb qilgan.

Bu ish Yevropa Ittifoqining yangi “Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni” (DSA) doirasida olib borilayotgan rasmiy tergovning bir qismi hisoblanadi.

Agar qonunbuzarliklar tasdiqlansa:
➖ Temu kompaniyasi yillik global daromadining 6% gacha jarima to‘lashi mumkin;
➖ Shuningdek, xavfli mahsulotlarni yo‘q qilish va biznes amaliyotini qayta ko‘rib chiqish talab qilinadi.

Kiritildi: 22:20 28.07.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!