"Suriyada “vakuum” qolmasligi kerak, u yerda Yevropa Ittifoqining mavjudligi zarur", dedi Yevropa Ittifoqi diplomatik departamenti rahbari Kaya Kallas. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Suriya bo‘yicha elchisi Mixael Onmaxt yaqinda mamlakatning yangi rahbariyati bilan “birinchi aloqalarni” o‘rnatgan.
Kallasning fikricha, to‘liq muloqot sharti Suriyani Rossiya harbiy bazalaridan tozalash bo‘lishi kerak. Ushbu ob’ektlar orqali Rossiya Afrika va “Global janubdagi” boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda, bu esa "Evropa xavfsizligi uchun ham tashvish uyg‘otadi", deya qo‘shimcha qildi Kallas.