Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaning navbatdagi aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Evropa Ittifoqi Rossiyaning navbatdagi aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Evropa Ittifoqi Rossiyaning qariyb 68 milliard yevrolik aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda Politico Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Nashr keltirgan hujjatga ko‘ra, aktivlarning asosiy qismi Belgiyada muzlatib qo‘yilgan – taxminan 50 milliard yevro bor. Bundan tashqari, muhim qismi Lyuksemburgga tegishli - 5,5 milliard yevro. Ta’kidlanishicha, ikkala davlat, shuningdek, Italiya, Germaniya, Irlandiya, Avstriya va Fransiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining 90 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.

Politico shuningdek, ayni damda YEI Rossiyaning Yevropa mamlakatlarida qancha milliy zaxiralari muzlatilganini bilmaydi, deb yozadi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 33,8 milliard yevro, ammo hozircha bu taxminiy ko‘rsatkich hisoblanadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya Rossiyaning o‘n milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ygani ma’lum bo‘lgan edi. Ta’kidlanishicha, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 20,95 milliard dollarga yaqin mablag‘ muzlatilgan.

Noyabr oyi boshida aktivlarni kuzatish va boshqarish milliy agentligi (ARMA) Ukraina tomonidan musodara qilingan Rossiya aktivlari miqdorini ham aytib o‘tdi. Agentlikning aniqlik kiritishicha, mamlakat depoziti asosan Rossiya mablag‘lari hisobidan 38 million dollarga oshgan. Bundan tashqari, ta’kidlanganidek, ular olingan summani Ukraina Qurolli kuchlarini moliyalashtirish uchun jo‘natmoqchi.

Kiritildi: 22:44 18.11.2022. O'qildi: 3962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!