Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaning Kiyevga zarbasi qurbonlari xotirasiga bayroqlarini tushirdi

Evropa Ittifoqi Rossiyaning Kiyevga zarbasi qurbonlari xotirasiga bayroqlarini tushirdi

Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida shunday suratni e’lon qildi.

"Rossiya tomonidan Ukraina shaharlariga berilgan zarbalar tinch aholini o‘ldirishga qaratilgan yovuzlikdir. Qurbonlarga hurmat sifatida bayroqlar tushirildi. Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berish va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish urushni to‘xtatishning eng tezkor yo‘lidir. Havo mudofaasiga mablag‘larning tezda yetkazilishi bizning ustuvor vazifamizdir", — deya surat ostiga yozdi Kallas.

Ukraina rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 31 iyul kuni tunda Kiyevga qilingan hujum oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, yana 159 nafar inson jarohatlangan.

Kiritildi: 20:55 01.08.2025. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!