Evropa Ittifoqi a’zo davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga, 2027 yil 24 fevralgacha uzaytirdilar.
Bu Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalining veb-saytidagi ma’lumotdan kelib chiqadi.
«2022/266-sonli qarorning 10-moddasi ikkinchi xatboshisida «2026 yil 24 fevral» sanasi «2027 yil 24 fevral» bilan almashtirildi», deyiladi hujjatda.
Bugun Bryusselda Yevropa tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Yevropa Ittifoqi rossiyalik sakkiz kishiga, jumladan, qamoqxona xodimlari va sudyalarga qarshi sanksiyalar qo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganiga 4 yil to‘ladi.