Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga 40 ta kemani kiritadi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga 40 ta kemani kiritadi

15 dekabr kuni YEI rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga yana 40 ta kema qo‘shish niyatida.

Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.

"Bugun biz soya flotiga kiruvchi kemalar bo‘yicha qaror qabul qilamiz. Bu 40 ta kemaga, shuningdek, sanksiyalardan qochishga yordam beruvchi shaxslarga taalluqlidir", dedi u Yevropa Ittifoqi kengashining tashqi ishlar vazirlari darajasidagi yig‘ilishidan oldin.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!