Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalar paketini qabul qildi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalar paketini qabul qildi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi va hozircha eng qattiq deb baholanayotgan sanksiyalar paketini tasdiqladi. Cheklovlar nafaqat rossiyalik sub’ektlarga, balki sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berayotgan Xitoy va Hindistondagi manbalarga ham qaratilgan.

Evropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan yana bir sanksiyalar to‘plamini ma’qulladi. Bu haqda YEI tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

Kallasning aytishicha, yangi sanksiyalar paketi «eng qattiq» choralardan iborat bo‘lib, Rossiyaning neft eksportlariga xizmat qilayotgan «yashirin flot»ni nishonga olgan. Jumladan, Hindistondagi «Rosneft»ga tegishli eng yirik neft qayta ishlash zavodi uchun ishlab kelayotgan 105 ta tankerga cheklovlar joriy qilindi.

Bundan tashqari, YEI tomonidan Rossiyaga nisbatan qo‘llanayotgan sanksiyalarni chetlab o‘tishda ishtirok etayotgan banklar va kompaniyalarga nisbatan ham choralar kuchaytirildi. Xususan, Xitoyda faoliyat yurituvchi ayrim tashkilotlar ham mazkur cheklovlar ro‘yxatiga kiritildi.

Mazkur sanksiyalar Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish siyosati doirasidagi eng yangi qadami bo‘lib, uning strategik savdo yo‘nalishlarini cheklash va moliyaviy oqimlarni nazoratga olishga qaratilgan.

Kallas YEIning bu qadami Ukrainadagi urushni to‘xtatish va xalqaro qonunlarni buzganlarga javobgarlik yuklash yo‘lidagi muhim bosqich ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:21 18.07.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!