Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiya bank sektori va uran yetkazib berishga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

Evropa Ittifoqi Rossiya bank sektori va uran yetkazib berishga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

Evropa Ittifoqi rasmiylari Rossiyaning energetika va bank sohalariga yangi cheklovlar qo‘yish ustida ishlamoqda, deydi Germaniyaning Bild tabloidi manbalari.

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining 17-sanksiyalar paketi uchta yo‘nalishga qaratilgan bo‘ladi: energetika sektori (neft, gaz va uran), kemachilik sektori va bank sektori.

Shu bilan birga, tabloid sanksiyalarni joriy etish uchun Yevropa Ittifoqining yakdillik tamoyili muhimligini, Slovakiya va Vengriya esa bu masalada birlashmaning "ishonchsiz" a’zolari hisoblanishini eslatadi.

Kiritildi: 16:18 14.05.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!