Evropa Ittifoqi «Lenakapavir» vaksinasini Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) dan himoya qilish uchun tasdiqladi, deya xabar beradi DW.
AFP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, OIVga qarshi «Lenakapavir» preparati Yevropa Dori-darmonlar yegentligi (EMA) tomonidan tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng Yevropa Ittifoqida tasdiqlangan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Yevropada Yeytuo va AQShda Yeztugo nomi ostida sotiladigan «Lenakapavir» kattalar va o‘smirlarda OIV infeksiyasi xavfini 99,9% dan ko‘proq kamaytiradi. Preparatni qo‘llashdan oldin bemor ikkita boshlang‘ich tabletka oladi, so‘ngra preparat har olti oyda teri ostiga yuboriladi.
Evropa Dori-darmonlar agentligi ushbu baholashni nafaqat Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun, balki YEMA Dori-darmonlari hamma uchun dasturining bir qismi sifatida yevrohududdan tashqaridagi mamlakatlar uchun ham o‘tkazdi. Jarayonda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va sakkiz mamlakatning nazorat organlari, jumladan Keniya, Nigeriya va Tailand ham ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, OIV profilaktikasi vositalari o‘n yildan ortiq vaqtdan beri qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, ular haligacha global epidemiyaning tarqalishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘ylab 1,3 million kishi OIV infeksiyasiga chalingan, ulardan 160 mingi Yevropada, 650 mingi Afrikada ro‘yxatga olingan.