Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi "harbiy Shengen" yaratmoqchi

Evropa Ittifoqi "harbiy Shengen" yaratmoqchi

Evropa Ittifoqi jamiyat ichida qo‘shinlar va harbiy texnikaning erkin harakatlanishi uchun byurokratik va bojxona to‘siqlarini olib tashlashni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan "harbiy Shengen"ni yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Bu haqda RMF FM radiostansiyasi ma’lum qildi.

"Evropa komissiyasi 19 noyabr kuni YEIning harbiy harakatchanligi, ya’ni YEI davlatlari ichida katta hajmdagi texnika, xodimlar va harbiy yuklarning samarali harakatlanishi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu hujjat "Urush yoki yirik inqiroz sharoitida qo‘shinlar va harbiy texnikani uzluksiz tashishni ta’minlash" uchun "Uyg‘unlashtirilgan qoidalar va tartiblarga ega Yevropa Ittifoqining harbiy harakatlanish zonasini, shuningdek, quruqlikdagi yo‘laklar, ayeroportlar va dengiz portlari tarmog‘ini" yaratishni nazarda tutadi.

RMF FM ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa rasmiylari Yevropadagi ko‘priklar, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llari hozirda tanklar, askarlar va harbiy yuklarning tez harakatlanishi uchun yetarli emasligidan xavotirda.

Kiritildi: 17:30 05.11.2025. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!