Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Gruziyaga moliyaviy yordam bermaydi. Buning sababi ma’lum

Evropa Ittifoqi Gruziyaga moliyaviy yordam bermaydi. Buning sababi ma’lum

Evropa Ittifoqi 2025 yil oxirigacha Gruziyaga moliyaviy yordam berishni rejalashtirmayapti.

Bu haqda Yevrokomissiya "Izvestiya"ga ma’lum qildi.

Gap 2024 yilda ajratilishi muzlatib qo‘yilgan 120 million yevro haqida ketmoqda, chunki Bryussel Tbilisida "demokratik tamoyillardan chekinish va qonun ustuvorligining buzilishi"dan "jiddiy xavotir" bildirgan.

Evroparlamentning nashrga ma’lum qilishicha, Gruziya hukumati tomonidan aniq siyosiy o‘zgarishlarsiz 2026 yilda ham qo‘llab-quvvatlashning qayta tiklanishi dargumon.

Evrokomissiya, shuningdek, 2023 yilda nomzod maqomini olgan Gruziya hamjamiyatga qo‘shilish mezonlariga javob bermaydi, deb hisoblaydi.

Evropada "avtoritar" deb hisoblangan hozirgi siyosiy yo‘nalish mamlakatning 2030 yilda Tbilisida e’lon qilingan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish istiqbolini shubha ostiga qo‘yadi.

Kiritildi: Bugun 09:58. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!