Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi Grenlandiya sababli AQSh kompaniyalariga sanksiya joriy qilmoqchi

Evropa Ittifoqi Grenlandiya sababli AQSh kompaniyalariga sanksiya joriy qilmoqchi

Evropa Ittifoqi AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani qo‘shib olish niyatidan qaytmasa, Amerika korporasiyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Sunday Telegraph haftalik gazetasi xabar berdi.

The Telegraph nashriga ko‘ra, cheklovlar Meta, Google, Microsoft va X kabi yirik korporasiyalarni qamrab olishi mumkin. Bundan tashqari, Amerika banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlar ham cheklovlar ostida qolishi mumkin.

Nashr manbasiga ko‘ra, ekstremal choralar sifatida, Yevropa davlatlari ham o‘z hududida AQSh harbiy bazalari faoliyati to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan ssenariyni istisno qilmayapti.

Bu vaqtda Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bilan orolning AQShga qo‘shilishining oldini olish uchun Grenlandiyada NATO missiyasini joylashtirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 21:47 11.01.2026. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!