2025 yil 2 apreldan boshlab yangi qoidalar kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endi Yevropa Ittifoqi fuqarolari Buyuk Britaniyaga kirish uchun elektron ruxsatnoma olishlari va tegishli to‘lovni amalga oshirishlari shart.
Ilgari Yevropa Ittifoqidan kelgan sayohatchilar soddalashtirilgan kirish tartibidan foydalanishgan: samolyotga o‘tirish va yetib kelgach, oddiy pasport nazoratidan o‘tishning o‘zi yetarli edi. Hozirda ular sayohat qilish uchun oldindan elektron ruxsatnoma olishi zarur bo‘lgan dunyoning 48 davlati fuqarolari safiga qo‘shildi.
ETA (Electronic Travel Authorization)) — bu mamlakatga kirishni oldindan tasdiqlaydigan “elektron sayohat ruxsatnomasi"dir. Bu Amerika ESTA tizimining Buyuk Britaniyadagi muqobili bo‘lib, sayohatchining ma’lumotlarini oldindan tekshirishni ko‘zda tutuvchi majburiy pullik ruxsatnomadir.