Evropa Ittifoqi davlatlari Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yangi cheklovlar Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilishda ishtirok etgan shaxslarni ham qamrab oladi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Lyuksemburgda o‘tgan tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Yevropa Ittifoqi mintaqadagi harbiy-dengiz missiyasini kuchaytirish masalasi ham muhokama qilingan. Hozirgi missiya Qizil dengizdagi kemalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Kallas ta’kidlashicha, yangi choralar mintaqadagi xavfsizlik tahdidlariga javob sifatida qabul qilinmoqda.